TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. AQSh harbiy havo kuchlariga tegishli samolyot Kaliningrad viloyati chegarasida razvedka olib bordi. Bu haqda RIA Novosti Plane Radar portaliga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Moskva vaqti bilan soat 9:50 da RC-135V Rivet Joint radiorazvedka samolyoti Buyuk Britaniyaning Mildenxoll aviabazadan uchib chiqdi.
Ikki soatdan so‘ng havo kemasini Kaliningrad viloyati chegara yaqinida ko‘rishdi.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy, shu jumladan AQShning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda.
Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida ko‘rishmoqda.
Pentagon Rossiya Mudofaa vazirligi chaqiruviga qaramasdan razvedka operatsiyalarini o‘tkazishni to‘xtatmayapti.