Emomali Rahmon prezidentlarni qanday kutib oldi?

Emomali Rahmon OHIChK rahbarlari uchun do‘stlik kechasi uyushtirdi
Sputnik

OHIChK davlat rahbarlari uchun uyushtirilgan do‘stlik kechasi  Tojikiston prezidentining shahardan tashqaridagi rezidensiyasida bo‘lib o‘tdi.

Oliy martabali mehmonlarga tojik milliy uyi, milliy hunarmandlik namunalari, milliy taomlarni tayyorlash jarayoni hamda ushbu o‘lkada yetishtirilgan meva-sabzavotlar va poliz ekinlari namoyish qilindi.

Shundan so‘ng prezidentlar Varzob rezidensiyasidan ochiladigan ajoyib tabiat manzaralarini tomosha qilishdi.