Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlarini himoya qildi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov nufuzli maktab direktorlari xususida o‘z fikrini bildirdi.

Vazirning qayd etishicha, ba’zi maktablar nufuzining yuqori bo‘lishi ta’lim muassasasi direktorining faoliyatiga bog‘liq. Ma’lum bir nufuzli maktablar muntazam ravishda tekshirilib, ularning faoliyatida kamchiliklar topishga harakat qilingan. Maqsad - bu orqali kimnidir mazkur maktabga kiritishni tezlashtirish bo‘lgan. Hozirgi qonunchilik va moliyalash tizimida istalgan nufuzli maktab direktorini qamash mumkin. Shu tufayli ular “qo‘ng‘iroqchi”larni maktabga joylashgan. 

O‘qituvchidan obunaga pul yig‘mang: Shermatov XTB rahbarlarini so‘nggi bor ogohlantirdi

Shermatovning ma’lum qilishicha, poytaxtdagi davlat maktablari direktorlari oyiga 2,5 mln. so‘m ishlab topadi ($300 kamroq). Ularda xususiy maktab direktorlariga nisbatan yuklama va stress bir necha bor yuqori.
Shuningdek, u mazkur maktab direktorlarining hammasi farishta ekanligi fikridan yiroqligini ta’kidlagan.

“Shubhasiz, bu direktorlar maktabning yuqori natijaga erishishida hissasi juda katta. Shu tufayli barcha mazkur maktablarga intiladi va ularda o‘quvchilar soni ko‘p. Biz ularning faoliyati uchun yaxshi sharoitlar yaratmasak (hozirgi maktab budjeti bilan buni amalga oshira olmaymiz), faqat jazolasak ular boshqa sohaga yoki xususiy maktablarga ketib qoladi. Ularning ortidan esa direktor tomonidan yaratib bergan sharoit uchun faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar ketadi. Bu vaziyatdan kim yutadi?”, - deya yozgan Facebook᾽dagi sahifasida.

Vazir prezidentning siyosiy irodasi tufayli o‘qituvchilarning oyliklari ikki bosqichda oshirilgani, ammo 25-yil davomida yig‘ilib qolgan muammolarni bir yil ichida hal etishning imkoni yo‘qligi,  Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida bosqichma-bosqich tizimdagi oyliklar oshirib borilishi ko‘zda tutilganini qayd etgan.

Xalq ta’limi vazirining bildirishicha, davlat budjetining 16% xarajatlari maktab ta’limiga yuboriladi. Bu har bir o‘quvchiga yiliga 2,9 mln. so‘m yoki oyiga 246 ming so‘mni tashkil etadi. Toshkentdagi xususiy maktablarda ota-onalar har oy bu miqdordan 10 baravar ko‘p (British School, TIS va boshqa xalqaro maktablarni hisobga olmasa, u yerda to‘lov miqdori 50-70 baravar ko‘p). Agar davlat budjeti real iqtisodiyotni (jumladan xufiyona sektorni) qamrab olsa va maktablar xarajatlar hajmi 16% da qolsa, biz davlat maktablarining moliyalash hajmini 2 baravarga oshirish mumkin.

Shermatov yoshlarning o‘qishga motivatsiyasini oshirish bo‘yicha rahbarlarga murojaat bilan chiqdi

“Bu uchun vaqt talab qilinadi. Men bu maqsadlarga erishamiz, deb umid qilaman. Hozircha, malakali direktorlarga rasman ishlashlari noqonuniy faoliyatga nisbatan manfaatli va oson bo‘lishini ta’minlashimiz lozim. Maktab rahbarlariga normal oylik qilib bermasak, korrupsiyaning bartaraf etish bo‘yicha gaplarimiz gap bo‘lib qolaveradi”, - deydi Shermatov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, keyin ulardan daromad deklaratsiyasi talab qilish va Kuzatuv kengashi hamda OAV ishtirokida korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qilish bo‘yicha jamoat nazoratini kuchaytirishi mumkin.

“Bu mablag‘lar maktabning budjetdan tashqari fondiga tushadi, davlat budjetiga emas. Bu mablag‘ning 60%gacha maktab Kuzatuv kengashlari direktor va o‘qituvchilarning mehnatini rag‘batlantirishga bemalol yubora oladi. Ya’ni, direktorlar noqonuniy daromad topish yoki maktab masalalari (kichik ta’mirlash, tekshiruvlar va h.k)ni qanday yopishni o‘ylamaydi. Aksincha, ular shaffof moliyaviy tizimga o‘tadi”, - deya yozgan vazir.

Vazirning qayd etishicha, nufuzli maktab direktorlarining tajribasi muvaffaqiyatsizroq bo‘lgan maktab rahbarlari va yangi kadrlar o‘rganib boradi. Shu tufayli, ularni davlat ta’lim tizimida ushlab qolish va ularning qonuniy va samarali faoliyati uchun kerakli sharoitlar yaratish kerak.

“Agar biz ularni faqat jazolasak (qamasak!), shundoq ham kamsonli bo‘lgan yaxshi kadrlarni yo‘qotamiz. Ha, shunda biz bu maktablarning darajasini ota-onalar farzandlarini berishni istamaydigan ta’lim muassasalari bilan bir xil darajaga keltiramiz”, - deydi Shermatov.

Vatan rivojiga hissa qo‘shing: Shermatov bitiruvchilarga tabrik yo‘lladi

Vazir nufuzli maktablarni rivojlanishni davom ettirishlariga, talab kam maktablarni esa nufuzli maktablar tajribasini o‘rganishga motivatsiya qilish lozim, sababi bu ularga qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi, deb hisoblaydi. Shunda maktablar orasidagi farq talab kam bo‘lgan maktablarning faoliyatini yaxshilash orqali qisqarib boradi.

“Biz, vazirlikning yangi jamoasi, bu tizimni yaratmaganmiz, ammo biz, jumladan, hamma tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan qarorlar qabul qilgan holda uni o‘zgartirishga majburmiz. Biz bu maktablarga o‘zimizning “kvota”mizni belgilagan holda o‘z muammolarimizni “yechishimiz” mumkin edi. Hamma mamnun bo‘lar edi. Boshqa tomondan, bolalarni 1-sinfga qabul jarayonini “biznes”ga aylantirib olgan talay odamlar mavjud. Tabiiyki, ular o‘zgarishlarni, jumladan qabul pullari haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgan holda, sabotaj qilishga xarakat qiladilar”, - deya xulosa qilgan vazir.