Sheremetyevodagi aviafalokat bo‘yicha dastlabki hisobot e’lon qilindi

Sukhoi Superjet 100 samolyotining aviafalokati yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki hisoboti e’lon qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Davlat aviatsiya qo‘mitasi Sheremetyevo aeroportida Sukhoi Superjet 100 samolyotining aviafalokati yuzasidan o‘tkazilgan tergov dastlabki hisobotini e’lon qildi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sukhoi Superjet 100 samolyoti haqida

Samolyot fuzelyaji ko‘zdan kechirilganda momaqaldiroq ta’siri oqibatida yetkazilgan zarar izlari aniqlandi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, momaqaldiroq soat 15:08 samolyotni urdi. Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, shu vaqtda samolyot atmosfera elektro energiyasi bilan zarar yetkazildi. Buning oqibatida avtopilot o‘chirildi, distansion boshqaruv tizimi Direct Mode (“to‘g‘ri boshqaruv”) rejimiga o‘tdi.

Hisobotda aytilishicha, avvalgi parvozda ekipaj a’zolarida samolyot tizimi ish faoliyati yuzasidan shikoyat bo‘lmagan va texnik xizmat ko‘rsatish davomida esa avariya-qutqaruv jihozlar mavjudligi va yaroqligini tekshirish ishlari olib borilgan.

Ekipaj harakatlariga baho berish maqsadida komissiya pilot o‘quv qurilmasida tajriba o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Samolyot ishlab chiqaruvchi mutaxassislar va qo‘mita vakillari bilan birgalikda parvoz matematik modeli tuzilmoqda.

Shuningdek, komissiya ko‘plab kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish rejalashtirildi.

Sheremetyevodagi fojia

Sukhoi Superjet 100 falokati 5-may kuni sodir bo‘ldi. Samolyot Moskvadan Murmanskga uchib chiqdi, biroq 28 daqiqadan so‘ng ekipaj shoshilinch tarzda aeroportga qaytishga qaror qildi.

Samolyot keskin qo‘nish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.  Keyinchalik yong‘in samolyotning dum qismiga o‘tadi.

Falokatda 41 kishi halok bo‘ldi, 33 yo‘lovchi va 4 ekipaj qutqarildi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Aviafalokat halokatning asosiy versiyalari: pilot, dispecherlar va samolyotni texnik ko‘rikdan o‘tkazgan ishchilarning malakasi yetishmasligi;  havo kemasining nosozligi hamda yomon ob-havo sharoitlari.