TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbega keldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Xovar" axborot agentligiga asosan xabar qildi.
Dushanbe xalqaro aeroportiga O‘zbekiston, Qozog‘iston prezidentlari, Afg‘oniston, Ozarbayjon bosh vazirlari samolyotlari ko‘ndi.
Ta’kidlanishicha, yuqori martabali mehmonlarni respublika bosh vaziri Koxir Rasulzoda, uning o‘rinbosari Maxmadtoir Zokirzoda va Dushanbe meri Rustam Emomali kutib oldi.
15 iyunda Dushanbeda Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash sammiti o‘tkaziladi. Kengashga 27 ta davlat, xususan Rossiya, Tojikiston, O‘zbekitson, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Turkiya, Mirs kiradi.
Dushanbeda beshinchi sammitning mavzusi “Xavfsiz va yanada gullab-yashnayotgan mintaqaga yagona nigoh” bo‘ladi.