TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. AQSh harakatlari Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda, deb bayonot qildi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.
"AQSh hukumati oxirgi ikki yil davomida, barcha xalqaro tuzilmalar va qoidalarni buzgan holda, o‘z iqtisodiy, moliyaviy va harbiy imkoniyatlarini ishga solib agressiv yondashuvni hayotga tatbiq etmoqda va bu bilan mintaqadagi va jahondagi barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda", - dedi Eron prezidenti ShHT davlat rahbarlari kengashi yig‘inida.
ShHT sammiti 13-14 iyun kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tmoqda.
ShHT tarkibiga sakkizta davlat kiradi - bular Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston). Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Oltita davlat - Shri-Lanka, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal - muloqot bo‘yicha sheriklar hisoblanadi.