TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Rossiyaning Rostov viloyatida Donbass aholisiga rus pasportlarini berish boshlandi.
RIA Novostining xabar qilishicha, Pokrovskoe qishlog‘idagi maxsus markazda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donesk xalq respublikasi (DXR), Novoshaxtinske qishlog‘ida esa o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) aholisi qabul qilinmoqda. Ma’lum qilinishicha, LXR ahosining ilk besh nafariga allaqachon rus pasporti topshirilgan.
Joriy yilning aprel oyi oxirlarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass aholisiga Rossiya fuqaroligini olish jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Ushbu hujjat xalqaro huquq normalariga asosan inson huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida imzolangani ta’kidlangan.