Oqdaryo hokimi jarimaga tortildi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimining “Kaptiva” rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchalik bilan “migalka” (stroboskop) o‘rnatilganligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Oqdaryo hokimi avtomobiliga “migalka” o‘rnatgani uchun jarimaga tortildi.

Alkogol, telefon va tonirovka: Toshkentda yana nimalar uchun haydovchilar jarimaga tortildi

O‘zAning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etilgan.

Ta’kidlanishicha, ma’muriy huquqbuzarlik amaldor – tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog‘liq ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezilgan.

Xabarda ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgani qayd etilgan.