O‘zbekistonliklarning Rossiyada ish topishi osonlashadi

Rossiya Mehnat va bandlik federal xizmati O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentliklarini Rossiyaning bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ulamoqchi
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekistondagi xususiy bandlik agentliklari Rossiyaning bo‘sh ish o‘rinlari bazasiga ulanadi. Bu haqda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xodimiga tayangan holda RIA Novosti xabar bermoqda.

O‘zbekiston Rossiyaga migrantlarning registratsiya qilish muddatini cho‘zish bo‘yicha taklif kiritdi

O‘zbekiston rekruting agentliklarini Rossiya ish izlash tizimiga jalb qilish masalasi O‘zbekiston-Rossiya davlatlarining navbatdagi hukumatlararo komissiyasining mehnat migratsiyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishida, Krasnoyarskda muhokama qilindi.

"O‘zbekistondagi har bir xususiy agentlikni Rostrudning kasbiy aloqalar bo‘lmish SkillsNet.ru ijtimoiy messenjeriga ulash bo‘yicha qaror qabul qilindi", - deb aytgan Bandlik vazirligi xodimi.

U shuningdek, O‘zbekistondagi xususiy agentliklar "Rabota v Rossii" portalida o‘z shaxsiy kabinetlarini ochishlari mumkinligini ham qo‘shimcha qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yaqin ikki yil ichida O‘zbekiston va Rossiyadagi ish izlash tizimlari integrallashuvi ustida ish olib boriladi. Ushbu sektorda shaffoflikni ta’minlash, ikki davlat mutasaddi idoralarining yanada samarali hamkorligi masalasi ko‘rib chiqiladi.