Farg‘onada bank xodimlari seyfdan 100 ming $ o‘g‘irlashdi

O‘g‘irlik bankning vaqtincha boshqaruvchisi hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilgan
Sputnik

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Farg‘onada bank xodimlari 100 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV.

Bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini o‘g‘irlagani fosh bo‘ldi

"2019 yil 6-fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSh dollari yo‘qligi aniqlangan", - deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.