O‘zbekiston Afg‘onistonga MDH bozoriga kirishiga yordam berishi mumkin - ekspert

Afg‘oniston bilan hamkorlik qilish - O‘zbekiston uchun ulkan strategik imkoniyatlar yaratadi, - ekspert.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga o‘z tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun imkon yaratishi mumkin, deb hisoblaydi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik izlanishlar instituti direktori o‘rinbosari Sanjar Valiyev.

“O‘zbekiston Afg‘oniston bilan hamkorlik qilishning yangi siyosatini e’lon qildi. Bu bilan u Afg‘oniston uchun o‘z tovarlarini MDH bozoriga olib kirish uchun betakror imkoniyat yaratdi”, - dedi Valiyev.

Afg‘oniston bilan hamkorlik qilish biz uchun ulkan strategik imkoniyatlar yaratadi, - deb qo‘yshimcha qildi ekspert.

Termizdagi forumda O‘zbekiston-Afg‘oniston ishbilarmonlari nimalar haqida kelishib olishdi

Mutaxassining bunday xulosaga kelishiga O‘zbekistonning jug‘rofiy joylashishi ham sabab bo‘lgan. Afg‘oniston bilan qo‘shni mamlakatlar orasida faqat O‘zbekiston hududdagi barcha mamlkatlar bilan chegaradoshdir. Shundan kelib chiqan holda, ekspert O‘zbekiston ularni bog‘lovchi markaz bo‘lishi mumkin deb xulosa qilgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi 2-yil ichida O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida munosabatlar ildam rivojlandi. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani O‘zbekistonga tashrif buyurdi, Toshkent va Samarqandda Afg‘onistonda tinlik o‘rnatishga qaratilgan xalqaro forumlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida temir yo‘l qurish, elktr energiyasi eksport qilish kabi yirik shartnomalar ham imzolandi. Ayni damda Termiz shahrida afg‘onistonlik yoshlar uchun maxsus o‘quv markazi ham faoliyat ko‘rsatmoqda.