Sankt-Peterburg portida Ekvadordan kelgan 400 kilo kokain topildi

Konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain moddasi ham borligi aniqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteynerni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi. Ko‘rik natijasida konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain ham borligi aniqlandi.

“Noqonuniy muomaladan 2,5 million narkotik dozaga mo‘ljallangan, ularning umumiy qiymati 4,5 milliard rubl tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Konteyner ochilganda baliq konsersalar orasida narkotik solingan qoplar topildi. Kimoviy tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu kokain moddasi ekanligini ko‘rsatdi.

Hozirgi vaqtda bojxona va politsiya xodimlari kontrabanda sxemasida kim ishtirok etganini aniqlashmoqda.