TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida xorijga ketayotgan yo‘lovchi poyezdini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Natijada, ushbu poyezd yo‘lovchisi fuqaro A. A tomonidan mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilayotgan, 18 dona qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi.
“Mazkur tangalarni faqat bittasi 100-yil ilgari zarb etilgan bo‘lsa, qolganlarini qadimiyligi 2-2,5 asrdan oshgan. Shuningdek qadimiy tangalarning biri eski arab yozuvida va ikkinchisi esa eski xitoy yozuvida zarb qilinganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.