Olimlar Oyda ulkan metall qatlamni topishdi

Oyning Janubiy qutbi – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda ulkan metall joylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Tadqiqotchilar Oyning janubiy qutbida magnit anomaliyani topdi. Olimlar buni ulkan asteroidning qoldiqlari deb ta’kidlashmoqda. Live Science xabariga asosan.

Xitoyliklar Oyning orqa tomonida noyob kashfiyot qilishdi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ulkan metall massasi Oy orqa tomonida Janubiy qutb - Eytken kraterida  joylashgan. Bu Quyosh sistemasida boshqa jism urilishi natijasida hosil bo‘lgan eng yirik krater hisoblanadi.   

Taxminlarga ko‘ra, asteriod Oyning shu joyiga 4 milliard yil oldin urilgan.

“Tasavvur qiling, yer ostida ulkan metal uyumi yopildi, u Gavay orolidagi Katta oroldan besh baravar katta. Biz kutilmaganda, aynan bunday massa bilan to‘qnashdik”, - dedi tadqiqot bosh muallifi Piter Jeyms.

Olimlar hisob kitobiga ko‘ra, ulkan metallning og‘irligi 2,4 septillion tonna.  Metall uyumlari Janubiy qutb – Eytken kraterida bir necha yuz killometr chuqurlikda joylashgan.