Vodiylik tarixchi: ba’zi olimlar asl manbalarni o‘qishmaydi

Qozoqovning so‘zlariga ko‘ra, katta anjumanlarning birida olimlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning otasi - temuriy shahzoda Umarshayx Mirzo vafoti sababi haqida gapira turib, “maxsus yollangan ayg‘oqchi kelib, Umarshayx Mirzoni o‘sha jardan qulatib yuborgan”, degan faktni keltirgan.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Axsikent arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish direksiyasi direktori o‘rinbosari, tarix fanlari nomzodi Tohirjon Qozoqov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda ba’zi olimlar asl manbalarni o‘qimay, xulosa qilishlari haqida gapirdi.

Qozoqovning so‘zlariga ko‘ra, katta anjumanlarning birida olimlardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning otasi - temuriy shahzoda Umarshayx Mirzo vafoti sababi haqida gapira turib, “maxsus yollangan ayg‘oqchi kelib, Umarshayx Mirzoni o‘sha jardan qulatib yuborgan”, degan faktni keltirgan.

Mirziyoyev yopiq eshiklar ortida saqlanayotgan noyob boyliklar haqida gapirdi

"Jonida qasdi bor odam borib jarning tagidan kovlaydi, o‘zi o‘tirgan shoxni arralamaydi-ku hech kim?", - deydi suhbatdosh.

Qozoqov Umarshayx Mirzoning halok bo‘lishiga oid aniq fakt hind tarixchisi Abul Fayz Allomiyning "Akbarnoma" asarida aniq keltirilganini qo‘shimcha qiladi.

"U asardagi epizodlarini yaxshilab o‘qisak, kaptarxona tasviri aniq kelib chiqadi. Qarang, yozadi-ki, "...Kaptarxonaga chiqdi, qafaslarni ochdi, kaptarlarni uchirdi, kavushini pastga yechdi-da, oyog‘ini osiltirib o‘tirdi". Demak-ki, supa bo‘lgan, supaning tepasida esa kaptarxona bo‘lgan deyish mumkin. "Umarshayx Mirzo oyog‘ini osiltirib o‘tirgan bir vaqtda xizmatchi uzoqdan jar qulayotganini ko‘rib qoldi. "Jar qulayapti, jar qulayapti", deb baqirdi. Umarshayx Mirzo sapchib tushdi-da, bir poy kavushini kiyishga ulgurdi. Ikkinchisini kiyishga ulgurmadi, u jardan qulab tushdi, jarning tagida qoldi…", - deya hind tarixchisi asaridan iqtibos keltiradi olim.

Vodiylik tarixchi: ba’zi olimlar asl manbalarni o‘qishmaydi

Axsikent - Farg‘ona vodiysining birinchi poytaxti. Hozirda eng katta arxeologik yodgorlikdir. Shahar miloddan avvalgi III-asrda tashkil topgan bo‘lib, 1621-yilgi zilzilada vayronaga aylangan. U Farg‘onaning siyosiy, madaniy, iqtisodiy markazi hamda Buyuk ipak yo‘lining asosiy shaharlaridan biri bo‘lgan.