Komilov O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisini qabul qildi

Kristofer Allan 2015-yilning kuzida Buyuk Britaniya elchisi etib tayinlangan edi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. 10-iyun kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatdagi missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari Abdulaziz Kamilovning Instagram sahifasida xabar qilingan.

Mirziyoyev Tokayevni ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

10−11 iyul kunlari London shahrida o‘tkaziladigan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida vazir Kristofer Allanga uning elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga o‘zining Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi vazifalarini samarali bajarishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Kristofer Allan 2015-yilning kuzida Buyuk Britaniya elchisi etib tayinlangan edi.