Qozog‘istonda prezident saylovi boshlandi

Qozog‘istonda Nazarboyev ishtirokisiz bo‘lib o‘tayotgan birinchi prezident saylovchi boshlandi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyun ─ Sputnik. Bugun erta tongdan Qozog‘iston shaharlarida navbatdan tashqari prezident saylovlari boshlandi, RIA Novosti xabariga asosan.

Tokayev: Qozog‘istonning qo‘shnilar borasida omadi kelgan

Saylovlarda ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 20:00 ga qadar davom etadi. G‘arbiy-Qozog‘iston, Atirau, Oqto‘be va Mangistau viloyatlarida saylov uchastkalari bir soat kech ochilib bir soat kech yopiladi.

Ma’lumot uchun, bu mustaqil Qozog‘iston tarixida oltinchi prezident saylovi bo‘lib, u ilk bor Nursultan Nazarbayevning ishtirokisiz o‘tkazilmoqda. Respublikani 30-yil davomida boshqarib kelgan Nazarbayev 2019-yilning 20-mart kuni o‘z iste’fosini e’lon qilgan edi. Shundan so‘zng vaqtinchalik davlat rahbari etib Qosim-Jomart Tokayev tayinlangan edi.

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga 7 nafar nomzod ishtirok etmoqda, jumladan Nur Otan  partiyasi vakili, Tokayev ham. Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra,  saylovda qancha fuqaro ishtirok etmasin, saylov bo‘lib o‘tgan hisoblanadi, lekin prezdent bo‘lib saylanish uchun nomzodlardan biri 50%dan ortiq ovoz jamlash kerak. Hech bir nomzod 50%dan ortiq ovoz jamlay olmasa -  saylovning ikkinchi turi belgilanadi.