TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab Olis hududlarga borib dars berayotgan o‘qituvchilar maoshi 10%dan 50%gacha oshirildi. Bu haqida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 7-iyun kuni imzolangan 471-sonli qarorida aytib o‘tilgan.
“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadi”, - deyilgan qaror matnidan.
Ustamalar miqdori ushbu qarorning 2 – ilovasida keltirib o‘tilgan va ular bevosita pedagogning olis maktabda orttirgan ish stajiga bog‘liq:
6 oydan – 3-yilgacha – 10% ustama
3 yildan – 5-yilgacha – 20 %
5 yildan – 10-yilgacha – 30 %
10 yildan – 15-yilgacha – 40 %
15 yildan ortiq – 50 % miqdorida ustamalar belgilandi.
Qarorning birinchi ilovasida ushbu qaror amal qiladigan barcha tuman va shaharlar ro‘yxati ham kelitirib o‘tilgan.