TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Moldova konstitutsion sudi prezident Igor Dodon vakolatini bosh vazir v.b. Pavel Filipga topshirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
“Bu noilojlikdan qo‘yilgan majburiy qadam. Sobiq bosh vazir o‘z nazorati ostida bo‘lgan konstitutsion sud vakolatlaridan foydalanib hukumatni o‘z qo‘lida saqlab qolmoqchi. Bunga javoban biz ichki va tashqi kuchlarni oyoqqa turg‘azamiz”, - dedi Igor Dodon ushbu voqeani izohlab.
Eslatib o‘tamiz, Igor Dodon 2016-yilning 23-dekabridan beri Moldovaning qonuniy saylangan prezidenti. Moldova parlamenti esa – sobiq prezident davridan shakllangan edi. Prezident va parlament orasida ikki yildan ortiq davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng Dodon yangi parlament saylashga muvaffaq bo‘lgan edi.
Parlament saylovlari 24-fevralda bo‘lib o‘tgan bo‘lsada, yangi hukumat va bosh vazir faqatgina 8-iyun kuni tasdiqlandi. Rossiya, YeI va AQSh vakillari Molodovadagi ushbu o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashgan edi.
Prezident Dodon taklif etgan bosh vazir Mayya Sandu nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan konstitutsion sud, ushbu qarorni noqonuniy deb e’lon qildi. Ular aytishicha deputatlar yangi hukumatni 7-iyun yarim tunga qadar tasdiqlashi kerak bo‘lgan ekan.
Parlament esa, Konstitutsion sudning ushbu harakatini sobiq bosh vazir tarafdorlarining “hukumatni egallab olish” deb atadi.
Ma’lumot uchun bundan oldin ham Igor Dodonni 5 marotaba vakolatini bekor qilishgan edi. Uning o‘rniga muhim qaror va hujjatlarni parlament spikeri Andrian Kandu imzolagan.