O‘zbekiston jamoasi KXDR ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

Uchrashuv o‘zbekistonliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.

O‘zbekiston terma jamoasi o‘z maydonida KXDRni qabul qiladi

O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini poytaxtdagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv o‘zbekistonliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollarga Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Igor Sergeyev, Doston Tursunov mualliflik qilishdi. 

Endi 11-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi.