TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda gazdan zaharlangan O‘zbekiston fuqarosining barchasiga 5-iyun kuni tibbiy muassasadan ruxsat berildi. Bu haqda TIV O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi bergan ma’lumotga asoslanib ma’lum qildi.
Qarag‘anda shahrida maishiy gazdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga joylashtirilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarosiga ruxsat berildi.
Ular:
- Husanov Sardor Toshkan o‘g‘li, 20.07.2001 y.da tug‘ilgan;
- Jo‘rayev Valentin Fayzullayevich, 15.04.1998 y.da tug‘ilgan;
- Husanov Sharif Toshkanovich, 08.02.1973 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Alisher Egamberdi o‘g‘li, 17.10.1996 y.da tug‘ilgan;
- Ne’matov Bahodir Botir o‘g‘li, 30.03.1992 y.da tug‘ilgan;
- Elboyev Odil Oripovich, 12.04.1986 y.da tug‘ilgan;
- Elbayev Farrux Oripovich, 02.02.1992 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Shahzod Xudoyberdi o‘g‘li, 10.03.1999 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Doston Sharif o‘g‘li, 24.10.1995 y.da tug‘ilgan;
- Toshkanov Oybek Qahramon o‘g‘li, 15.02.1996 y.da tug‘ilgan;
- Iskandarov Obid Sallohidinovich, 01.08.1995 y.da tug‘ilgan;
- Samiyev Azizbek Asad o‘g‘li, 01.01.1998 y.da tug‘ilgan.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgani va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi konsuli Dilshod Hakimov fuqarolar ahvolidan xabar olgani xabar qilingan edi. Dastlabki taxminlariga ko‘ra, mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.