Toshkentdagi mudhish YTH 22 yoshli qiz va 38 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgan piyoda tufayli sodir bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Kecha Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent halqa avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIBB Yunusoboddagi YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi

Xabarda qayd etilishicha, 22 yoshli qiz yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgan.

“Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi piyodani urib yuborgan, shundan so‘ng boshqaruvni yo‘qotib, “Kobalt” rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. “Lasetti” urib yuborgan piyoda Shacman yuk mashinasi tagiga kirib ketgan.

“YTH oqibatida piyoda G.I. va “Lasetti” avtomobilining 38 yoshli yo‘lovchisi O.M. voqea joyida halok bo‘lgan”, - deyiladi xabarda Toshkent shahar IIBB xabarida.

“Kobalt” avtomobilining yo‘lovchisi olgan jarohati tufayli shifoxonaga yotqizilgan. “Lasetti” avtomobili haydovchisiga ambulator sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatilgan va shifoxonadan ruxsat berilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tgan piyoda tufayli sodir bo‘lgan.

Tergov davomida "Lacyetti" haydovchisining aybdorlik darajasi aniqlanadi.