Farg‘ona vodiysi yuragi - Namangan xorijlik investorlarga qanday taklif bera oladi?

Sputnik

7-8 iyun kunlari dunyoning 40dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari Namangan shahrida bo‘ldilar va viloyatning investitsiyaviy salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Chet elliklarga viloyatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida axborot berildi va sarmoya kiritish uchun eng jozibador loyihalar taqdim etildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

1 / 12
Farg‘ona vodiysining yuragi - Namangan shahrida 7-8 iyun kunlari "Doing business with Namangan - 2019" xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.
2 / 12
Namangan viloyati hududida "Namangan" va "Kosonsoy-Farm" erkin iqtisodiy hududlari va 9 ta kichik sanoat zonalari mavjud. Yaqin kelajakda esa to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan uchinchi iqtisodiy zona tashkil etish rejalashtirilmoqda.
3 / 12
Viloyatda yirik tekstil ishlab chiqarish korxonalari mavjud. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan matolarning 15 foizi Namangan viloyatiga to‘g‘ri keladi. Namanganlik chevarlar tomonidan tikiladigan erkaklar kostum-shimlarga jahon bozorida tobora talab kuchaymoqda.
4 / 12
7-8 iyunya 2019 goda v Namangane proshel mejdunarodniy investitsionniy forum "Invest in Namangan" i vistavka proizvoditeley Namanganskoy oblasti.
5 / 12
Namanganda yetishtirilgan yong‘oqlar va qayta ishlangan xo‘l-mevalar.
6 / 12
O‘zbekistonda yilning 300 dan ortiq kuni quyoshli bo‘lgani uchun mamlakat mevalari dunyodagi eng mazali va shirin, deb tan olingan. Namangan viloyatida yetishtirilgan gilos, barcha sifat sertifikatlariga ega bo‘lib, bir hafta oldin ilk marotaba eksport qilindi va London supermarketlarida sotuvga chiqdi, viloyatda yetishtirilgan o‘rik esa Hindistongacha yetib bordi.
7 / 12
Forum arafasida Namangan viloyati hokimligi Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda ilk bor eksportchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan noyob "MADEINNAMANGAN.UZ" portalini ishga tushirdi. Unda O‘zbekistondagi barcha ishlab-chiqaruvchilar katalogi mujassam.
8 / 12
Investitsiya forumi Namanganda an’anaviy Gullar festivali o‘tkazilayotgan kunlarda bo‘lib o‘tdi.
9 / 12
Viloyat turizm yo‘nalishida ham yuqori salohiyatga ega. Namanganda yirik "Axsikent" arxitektura yodgorligi merosi mavjud. Qadimda bu o‘lkada jahon ilm-faniga salmoqli hissa qo‘shgan 30 dan ortiq olimlar yetishib chiqqan va ularning bebaho merosini o‘rganish vodiyni mutlaqo yangi qiyofada jahonga tanitishi mumkin.
10 / 12
X-XIII asrlarda Farg‘ona vodiysida Axsikent yirik shaharlardan biri bo‘lib, shaharda oynachilik, kulolchilik, temirchilik hamda qurolsozlik va boshqa sohalar rivojlangan. 90 gektarga yaqin yer osti suv inshootining mavjudligi va shaharning mudofaa uchun qulay geografik o‘rinda joylashganligi Axsikent shaharsozligidagi o‘ziga xos jihatlar hisoblanadi.
11 / 12
Forumda 40dan ziyod mamlakatlar, xususan, Hindiston, Turkiya, XXR, Rossiya, Germaniya, BAA, Fransiya va boshqa davlatlar xorijiy kompaniyalarining 300dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Forum ishida O‘zbekistonda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari va chet el OAV muxbirlari ham qatnashdilar.
12 / 12
O‘zbekiston tashqi siyosatda, xususan, jahon hamjamiyati bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Viloyat hokimligi rasmiylari Namanganga kelishni xohlaydigan har bir investor "Xush kelibsiz!" deya kutib olinishini va’da qildi, demak, Farg‘ona vodiysi ijobiy o‘zgarishlar va katta yo‘l boshida. Bu borada barchaga ibrat maktabi bo‘ladi, deb umid qilamiz.