Rossiyaning yangi bombardimonchi samolyoti AQSh uchun “yoqimsiz surpriz” bo‘ladi – ekspert

Tu-22M3M bombardimonchi samolyot Amerika harbiy dengiz kuchlari uchun “yoqimsiz surpriz” bo‘ladi - Yuriy Knutov.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Harbiy ekspert Yuriy Knutov ta’kidlashicha, modernizatsiya qilingan Tu-22M3M bombardimonchi samolyoti Amerika harbiy dengiz kuchlari uchun “yoqimsiz surpriz” bo‘ladi.

AQShning uchta samolyoti Rossiya chegarasida razvedka olib bordi

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligining aerodrom va harbiy bazalarni takomillashtirish dasturiga muvofiq yaqin yillarda Tu-22M3M samolyotini qo‘llash jo‘g‘rofiyasi kengayadi.

O‘tgan yili Qrimdagi Belbek aerodromida yangi o‘chish-qo‘nish chizig‘ini qurish ishlari yakunlandi.

Knutovning fikriga ko‘ra, Tu-22M3M samolyotini Qrimda bo‘lishi juda muhim.

“Amerika esminslari muntazam ravishda Qora dengizga kiradi. Agar vaziyat keskinlashsa, yarim orolda bombardimonchi samolyotlarining  mavjud bo‘lishi AQSh harbiy dengiz kuchlari uchun yoqimsiz surpriz bo‘ladi”, - deb ta’kidladi harbiy mutaxassis.

O‘tgan yili modernizatsiya qilingan bombardimonchi raketa tashuvchi Tu-22M3M Qozonda namoyish qilindi. Keyinchalik yerda o‘rganish va parvoz sinovlari uchun topshirildi.

Umumiy avia qurilish korporatsiyasi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2021-yilda Rossiya harbiy kosmik kuchlari bu samolyotni foydalanish uchun oladi.