Ravon Rossiyaga qaytmoqda: avtomobillarning yangi narxi e’lon qilindi

Ravon R4 sedanining (Chevrolet Cobalt) to‘rtta pozitsiyasi sotuvga chiqadi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Ravon kompaniyasi Rossiya bozoriga qaytmoqda va avtomobillarning yangi narx e’lon qilindi. Bu haqda AutoNavigator xabar bermoqda.

Ravon sport jamoasi Rossiya halqa poygasida ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda besh eshikli Ravon R2 xetchbeki (oldingi Chevrolet Spark) ning Optimum va Elegant pozitsiyalari mos ravishda 799 mingdan 824 ming rublgacha (12,3 ming hamda 12,6 ming dollar) narxda sotiladi. Model 85 ot kuchiga ega 1,2 litrli dvigatel bilan jihozlangan.

Ravon R4 sedanining (Chevrolet Cobalt) to‘rtta pozitsiyasi sotuvga chiqadi: Comfort MT 799 ming rubl (11,8 ming dollar), Optimum MT 794 ming rubl (12,2 ming dollar), Optimum AT 834 ming rubl (12,8 ming dollar), Elegant AT 849 ming rubl(13 ming dollar).

Dobin: Ravon Rossiyada ommabopligini yo‘qotdi

Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish bahorda to‘xtatilgan edi, biroq ular yaqin vaqtlar ichida yana qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Avto Revyu” jurnalining bosh muharriri Leonid Golovanov so‘zlariga qaraganda, sobiq SSSR hududida Ravon eng yirik brenlardan biri hisoblanadi. Rossiya bozoriga qaytsa mashinalarni sotib olishadi.  Uning fikriga ko‘ra, bu markadagi avtomobillar har doim past narxda bo‘lgani uchun raqobatbardosh bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning ikkinchi yarmidan boshlab Karachayevo-Cherkesiyadagi ishlamayotgan “Derveys” zavodda Ravon avtomobillarini yig‘ish ishga tushirilishi mumkinligi xabar qilingan edi.