O‘zbekistonda minilgan eski avtomobilni topshirib, yangisini olib ketish mumkin bo‘ladi

“O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati vakillari ishtirokida "O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirish strategiyasi" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

“Fara”larni yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi

"O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov O‘zbekiston avtobozorida trade-in amaliyoti tatbiq qilinishini ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda avtomobillardan foydalanish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Masalan, sizning moshinangiz bor, 3-5 yoki 10-yil mingansiz, uni yangilamoqchisiz. Lekin yangi moshina sotib olish uchun pulingiz kamroq bo‘lishi mumkin. Siz eski, ya’ni hozir minib yurgan moshinangizni dillerga borib topshirasiz-da, yangi avtomobil o‘rtasidagi farqni to‘lov qilasiz, almashtirib ketaverasiz, yangilab olasiz”, - dedi Rustam Qodirov.

Qayd etilishicha, bu yangi avtomobillar savdosini kuchaytiradi. Shuningdek, aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini beradi.