TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Xalqaro Kann festivali Gran-prisini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yosh rejissor Shokir Xoliqovga “O‘zbekkino” serviz sovg‘a qildi.
Bu haqda rejissorning o‘zi Facebook’dagi sahifasida e’lon qilgan. Biroq hozirda ushbu post o‘chirib tashlangan, deb xabar beradi Repost.
Kann festivalidagi g‘alaba uchun serviz: “O‘zbekkino” Shokir Xoliqovni tabrikladi
© Repost.uz
Kann festivali doirasida Xoliqov o‘zining “Choy” nomli qisqa metrajli filmini taqdim etgan. Taqdimot imkoniyati cheklangan insonlarning dolzarb muammolariga jamoatchilik e’tiborini tortishga qaratilgan ENTRE 2 Marches loyihasi doirasida o‘tkazilgan.
16 daqiqa davom etadigan “Choy” filmi davomida insoniylik, oqko‘ngillik va qariyalarga nisbatan rahm-shafqat haqida so‘z boradi.