ShHTga a’zo davlatlar chegara xizmatlarining keyingi yig‘ilishi Tojikistonda o‘tkaziladi

Toshkentda ShHTga a’zo-davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar chegara xizmatlarining keyingi - sakkizinchi yig‘ilishi Tojikistonda o‘tkaziladi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi chegara xizmati bosh shtabi rahbari o‘rinbosari polkovnik Oleg Kolesnikov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Markaziy Osiyoda yangi notinchlik nuqtalari paydo bo‘lishi mumkin

Bugun O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Rossiya Federatsiyasi raisligida ShHTga a’zo-davlatlar chegara xizmatlari rahbarlarining yettinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari ShHTga a’zo mamlakatlar davlat chegaralaridagi vaziyat bilan o‘zaro axborot almashdilar.

ShHTga a’zo-davlatlar chegara xizmatlarining 2019-yilda hamkorlikda o‘tkazadigan "Birdamlik -2019-2021" chegara operatsiyasining birinchi bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha Rejani ko‘rib chiqdilar va tasdiqladilar.

Shuningdek, 2020-yilda ShHTga a’zo davlatlar chegara xizmatlari ekspertlar guruhi ish rejasini tasdiqladilar.