Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Rossiyaning  Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

TIVning mamlakatning Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar qilishicha, 3-iyun kuni Sankt-Peterburg shahri Petrograd tumanida O‘zbekiston fuqarosi Allanazarov Oybek Bekchanovichning jasadi topilgan.

Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik yoppasiga gazdan zaharlandi

Xabarda uning 01.04.1977-yilda tug‘ilgani qayd etilgan.

Ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul shahrining Go‘ztepa mahallasida gilamga o‘ralgan ayol jasadi topilgani, shuningdek, voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan qora ayollar sumkasi topilgani xabar qilingan edi.