Nazarboyev iste’foga chiqish sababini ma’lum qildi

Qog‘ozistonni qariyb 30-yil boshqarib kelgan Nursulton Nazarboyev joriy yilning mart oyida o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat senatining yalpi majlisida nima sababdan iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.

Nazarboyev Qozog‘istonda siyosiy raqobat borligini aytdi

“Bu yil qabul qilgan qarorim, -  davlat barqarorligi uchun, kelajak uchun, so‘nggi 30-yil davomida amalga oshirgan siyosatim izchilligi yo‘lida obdon o‘ylab qilingan qaror”, - dedi Nazarboyev.

Sobiq prezident boshqa davlat rahbarlaridan ko‘plab maktub va qo‘ng‘iroqlar qabul qilganida hayron bo‘lganini ta’kidlagan, zero bunday reaksiyani kutmagan, deya yozadi RIA Novosti.

Shu bilan birga, Nazarboyev uning bu odimi “hukumatni boshqaga topshirish masalasini qanday hal qilish lozimligi” uchun namuna bo‘lgani qayd etgan.

Nursulton Nazarboyev 19 mart kuni  millatga murojaat qilib, iste’foga chiqishini ma’lum qildi. Saylovgacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini Parlament Senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajarib turadi.

Nazarboyev: Qozog‘iston hukumati siyosat yuritishda ikki taraflamalikka yo‘l qo‘ymaydi

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Kasim-Jomart Tokayev shu yilning 9 iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tishi to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari lavozimiga 7 kishi da’vogarlik qilmoqda: “Nur Otan” partiyasidan Kasim-Jomart Tokayev, “Aq jol” partiyasidan Daniya Yespayeva;  “Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasi”dan Jambil Axmetbekov, “Auil” partiyasidan Toleutay Rahimbekov, “Yil tag‘diri” milliy-vatanparvar harakatidan Amirjon Kosanov; yozuvchi va jamoat arbobi Sadibek Tugel; G‘arbiy Qozog‘iston viloyati kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovlar.