Muzlatgichda qulflanib qoldi: Issiq-ko‘lda ikkita bola halok bo‘ldi

Ushbu holat politsiya tomonidan baxtsiz hodisa sifatida ro‘yxatga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Tup tumanidagi Maxaylovka nomli qishlog‘ida ikkita bola halok bo‘ldi. Ular eski muzlatgich ichida qulflanib qolishdi.

Toshkentda 15 kishi ovqatdan zaharlandi: 3 nafar bemorning ahvoli og‘ir

Issiq-ko‘l viloyati ichki ishlar boshqarmasi xabar qilishicha, fojia 3-iyun kuni sodir bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, 4 va 6 yoshli aka-ukalar hovlida o‘ynab, to‘satdan yo‘q bo‘lib qolishdi.

Ularni soat 11:55 da qidirishga tushishdi. Bolalar taxminan soat 17:00 da hovlida turgan eski sovet muzlatgich ichida topildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolalar o‘ynab, muzlatgich ichiga kirishgan va uning eshigi yopilib qolgan. Bolalar uni ocholmagan.

Ushbu holat jinoyatlar yagona reyestrida baxtsiz hodisa sifatida ro‘yxatga olindi.