Fuqaroga murojaat etgan IIB xodimining majburiyati nimadan iborat?

Adliya vazirligi ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida nimalarga rioya qilishi kerakligini eslatib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida nimalarga rioya qilishi kerakligini eslatib o‘tdi.

O‘zbekistonda “militsiya” butunlay o‘tmishda qoladi

Qayd etilishicha, fuqaroga murojaat etgan IIB xodimi quyidagilarga majbur:
- o‘z lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga ko‘ra xizmat guvohnomasini ko‘rsatishi, shundan so‘ng murojaat qilishining sababi va maqsadini ma’lum qilishi;

- fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qo‘llanilgan taqdirda, bunday choralar qo‘llanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek, fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytirilishi haqida xabar qilgan edik.