Dollarni nima kutmoqda va nega hamma oltin xarid qilmoqda – ekspert fikri

Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Aleksey Zubes AQSh valyutasi holati borasida so‘z yuritib, nega ko‘pgina mamlakatlar oltin xarid qilayotganini tushuntirdi.
Sputnik

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori (Rossiya) Aleksey Zubes dollarni nima kutayotgani va nega hamma oltin xarid qilayotgani haqida o‘z fikrlarini Sputnik᾽ka bildirib o‘tdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik iqtisodchilar 15-yil davomida dollar va AQSh iqtisodiy inqirozini bashorat qilib kelishmoqda. Shubhasiz, bunga asoslar mavjud.

Rossiya, Xitoy, Hindiston nega tinimsiz oltin sotib olmoqda?

Biroq AQSh o‘z navbatida jahon valyutasini chiqaradi va bu uni jahon emissiya markaziga aylantiradi.

“Eng yaxshi investitsiya – bu ko‘chmas mulk, yer va bevosita olingan ta’lim. Bular har qanday jahon iqtisodiyotidagi inqirozga dosh beradi”, - dedi Aleksey Zubes Sputnik Tojikiston radioefirida.

Shuningdek, ekspert nega qator markaziy banklar oltin sotib olayotganini tushuntirdi. Qimmatbaho metall bozor o‘yinchilari tomonidan inqiroz va dollar sinishi holatida himoya vositasi sifatida ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, World Gold Council ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning birinchi choragida O‘zbekiston oltin savdosi bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatga aylandi. Respublika 6,2 tonna qimmatbaho metall sotishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichda ikkinchi o‘rin Mo‘g‘uliston (3,4 tonna)ga tegishli bo‘lsa, uchlikni 1 tonna oltin sotgan Tojikiston yakunlagan.