Xo‘jandda o‘z uyida fohishaxona ochgan erkak qo‘lga olindi

Xo‘jandda istiqomat qiluvchi kishi o‘z uyini 24 yoshli yigit va 20 yoshli qizga berdi.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Tojikiston So‘g‘d viloyatida politsiya xodimlari fohishaxona ochgan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Tojikiston IIV xabar qildi.

Toshkent viloyatidan Turkiyaga fohishalikka yuborilayotgan ayollar qo‘lga olindi

Intim uchrashuvlarni tashkillashtirish uchun 55 yoshli erkak mehmonlardan pul olgan.  

Tojikiston IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 29-may kuni gumonlanuvchi 24 yoshli yigit va 20 yoshli qizga G‘ofurov tumanida joylashgan uyini berdi. Bu xizmat uchun uy egasi 27 dollarga yaqin pulni oldi.

Tezkor-tadbir natijasida politsiya xodimlari erkakni ushladi.

Ushbu holat yuzasidan tergov ishi olib borilmoqda.