MDH chegaralarida vaziyat o‘ta keskin – Rossiya Mudofaa vaziri

Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda MDH davlatlarining suverenitetiga tahdidlar tobora kuchayib bormoqda.
Sputnik

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlari chegaralarida harbiy-siyosiy vaziyat keskinligicha qolmoqda, bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Anapada MDH a’zo davlatlari mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

Sergey Shoygu Dushanbega keldi: Rossiya harbiy bazasi yangi qurollar bilan ta’minlanadi

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda MDH davlatlarining suverenitetiga tahdidlar tobora kuchayib bormoqda.

“Global va mintaqaviy xavfsizlikning salbiy tendensiyalarini hisobga olgan holda, Hamdo‘stlik chegaralarida harbiy-siyosiy vaziyat o‘ta keskinligicha qolmoqda. Bunday sharoitda MDH davlatlarining suverenitetiga tahdidlar tobora kuchayib bormoqda”, - dedi Rossiya Mudofaa vaziri.

Shoygu ta’kidlashicha, xafsizlikni ta’minlash uchun birgalikda harakat qilish zarur.

Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, MDH Mudofaa vazirlari kengash formati hamkorlikni kengaytirish va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.

“Mudofaa vazirlari kengashi Hamdo‘stlikning ko‘p tomonlama harbiy hamkorligini muntazam va izchil rivojlantirmoqda. Bu global va miqtaviy miqyosdagi keskin geosiyosiy beqarorlik muhitida amalga oshirilmoqda”, - dedi Shoygu.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, AQSh butun dunyo bo‘ylab harbiy va iqtisodiy bosimni kuchaytirishni davom etmoqda. Shuningdek, avval raketa-yadro tahdidlarni oldini olish bo‘yicha avval imzolangan strategik bitimlardan voz kechmoqda.  

Shoygu o‘z nutqida NATOning harbiy faolligini qayd etib, alyans global axborot bosimi va kuch ishlatish bilan tahdid qilish bilan shug‘ullanishini ta’kidlab o‘tdi.