TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Rossiyaning Penza viloyatida o‘zbekistonliklar ketayotgan mikroavtobus YTHga uchradi.
RIA Novostining xabar qilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 4-iyun kuni “Ural” M-5 yo‘lining 754-kilometrida sodir bo‘lgan. “Gazel” yuk mashinasi qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan va Hyundai mikroavtobusiga borib urilgan.
YTH oqibatida “Gazel” haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan, uning bir yo‘lovchisi, shuningdek, Hyundai haydovchisi va uning sakkiz nafar yo‘lovchilari jabrlangan.
Jabrlanganlar Kuznesk tumanlararo shifoxonasiga olib borishgan. Ularning ahvoli haqidagi aniqroq ma’lumot shifokorlar tomonidan taqdim etiladi.
Hozirda hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.