Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qo‘ydi

Fuqaro uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi amakivachchasi 29 yoshli fuqaroning qorin qismiga pichoq bilan urgan.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Namanganda 24 yoshli fuqaro amakivachchasini pichoqlab qo‘ydi.

Jiyanini tarbiyalash maqsadida tayoq bilan urib, uning umriga zomin bo‘lgan tog‘alar ushlandi

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Namangan shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro uyida o‘zaro janjal tufayli birga yashovchi amakivachchasi 29 yoshli fuqaroning qorin qismiga pichoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

Natijada esa jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.

Xabarda qayd etilishicha, jinoyatchi qo‘lga olingan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov xarakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazmda kelin mast holatda qaynotasining umriga zomin bo‘lgani xabar qilingan edi.