Abdulaziz Kamilov Venesuela elchisini qabul qildi

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Venesuela Bolivar Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Tehron shahrida) Karlos Alkala Kordonesni qabul qildi.

Abdulaziz Kamilov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi

TIV xabariga ko‘ra, ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan vazir elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va unga samarali faoliyat tilagan.

“Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamda BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi O‘zbekiston-Venesuela munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi”, - deyiladi xabarda.

O‘zaro manfaatli aloqalarni faollashtirish, avvalambor, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.