Yuqumli kasalligi bor migrantlar Rossiyada ro‘yxatga olinadi

Rossiyada yuqumli kasalliklar bilan kasallangan migratlar ma’lumot  bazasi tuziladi va ular ishga qo‘yilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Rossiya iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi organi Rospotrebnadzor yuqumli kasalliklar bilan kasallangan migrantlar ma’lumot bazasini tuzishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

O‘zbekistonda migrant ayollarning bolalari himoyaga olinadi

Rospotrebnadzor taklif qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, yuqumli kassalik aniqlangan mehnat migranti maxsus ro‘yxatga kiritiladi. Shundan so‘ng, aholi orasida epidmiologik vaziyatga ta’sir qiladigan ma’lumotlar o‘rganiladi, jumladan uning mehnat faoliyati, turar joyi va boshqalar haqida, deyilgan xabarda.  

Ushbu ma’lumotlar bazasini yaratish yuqumli kasalliklarni dastlabki bosqichda aniqlash, sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish va infeksion kasalliklarga chalingan migratlarning ish faoliyatini cheklashga qaratilgan.