Tokayev: Qozog‘istonning qo‘shnilar borasida omadi kelgan

Qozog‘iston prezidenti saylovlardan bir necha kun oldin Rossiya telekanaliga intervyu berdi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida respublikaning qo‘shnilar borasida omadi kelganini ma’lum qildi.

Tokayev Mirziyoyevga nima va’da qildi – video

“Qo‘shnilar borasida omadimiz kelgan deb hisoblayman. Bizning Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, boshqa O‘rta Osiyo davlatlari kabi qo‘shnilarimiz bor. Lekin, birinchi navbatda, Rossiya va Xitoy haqida gapiradigan bo‘lsak -  BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan ikki buyuk davlat, albatta, omadimiz kelgan. Chunki biz savdo qilish va doimo bir birimiz bilan muloqot qilish imkoniyatiga egamiz”, - dedi Tokayev.

Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar haqida gapirar ekan, u mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar "mutlaqo ajralmas" va "uzoq tarixiy o‘tmishga asoslangan" ekanini ta’kidladi, shuningdek, ushbu tarixiy faktni  e’tiborsiz qoldirib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Qozog‘istonda muddatdan oldingi saylovlar joriy yilning 9-iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka nomzod sifatida yetti kishi, shu jumladan, Nur Otan partiyasidan ilgari surilgan Tokayev ham ro‘yxatdan o‘tgan.