Londondagi masjidda bolg‘a bilan qurollangan kishi qo‘lga olindi

Ta’kidlanishicha, 38 yoshli erkak kishilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Politsiya yetib kelguniga qadar u masjiddagi kishilar tomonidan qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Britaniya politsiyasi Londonda joylashgan masjidlardan birida bolg‘a bilan qurollangan kishini qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

O‘zbek gilosi birinchi marta London do‘konlarida sotilmoqda

“Politsiya dushanda kuni soat 4-33 da masjidga, Sautxolleda bog‘la bilan qurollangan shaxs borligi haqida xabar bilan chaqirtirildi...”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, 38 yoshli erkak kishilarga hujum qilmoqchi bo‘lgan. Politsiya yetib kelguniga qadar u masjiddagi kishilar tomonidan qo‘lga olindi.  

“Kishilarga og‘ir jarohat yetkazishga harakat qilishda gumonlangan kishi qo‘lga olindi va London g‘arbiy qismida joylashgan politsiya uchastkasiga olib kelindi”, - deyilgan politsiya xabarida.

Politsiya bu hodisani terrorizmga bog‘lashmayapti. Huquq tartibot organ xodimlari so‘zlariga ko‘ra, bir kun avval erkak va masjidga kelgan kishilar o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lgan.