Gaz va svet narxi oshmaydigan bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1-iyundan belgilangan gaz va svet narxi oshishi bekor qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Hukumatining 31-maydi imzolangan 452 sonli “Alohida yonilg‘i-energetika resurlari narxlar siyosatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2019-yilning 1-iyunidan rejalashtirilgan gaz va svet narxlari oshishi bekor qilindi.

Birinchi iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

Vazirlar Mahkamasi qarorida, O‘zbekiston Moliya hamda Energetika vazirliklariga, “O‘zbekneftgaz” AJ va energetika sohasida ishlayotgan boshqa korxonalarning rentabelligidan kelib chiqqan holda, amal qilayotgan narxlarni qayta ko‘rib chiqish va asosli takliflar kiritish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining 2018-yil 1-noyabrdagi 897-sonli qaroriga asosan O‘zbekistonda energiya manbaalari narxini bosqichma-bosqich oshirish rejalashtirilgan edi. Birinchi bosqichda 2018-yilning 16-noyabridan boshlab va ikkinchi bosqichda – 2019-yilning 1-iyunidan boshlab.