Bishkek markazida portlash yuz berdi: 4 kishi jarohatlandi

Portlash joyi militsiya va transport prokuraturasi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 8:45 da Bishkek markazida portlash yuz berdi. Bu haqda voqea joyidan Sputnik Qirg‘iziston muxbiri xabar qildi.

“Men shokda”: Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirganlar aniqlandi

Hodisa soat 8:45 da Panfilova ko‘chasida sodir bo‘ldi. U yerda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish korxonasi joylashgan.

Ta’kidlanishicha, kir yuvish sexida 40 tonnalik sig‘imda suv qaynatish idishi portlab ketdi.

4 kishi shifoxonaga yotqizildi – qo‘riqchi va firmaning uch xodimi.

“Sexda oynalar sindi. Portlash sababi bir nechta bo‘lishi mumkin, maxsus komissiya aniqlaydi”, - dedi “Qirg‘iz  temir yo‘li” bosh muhandisi Nikolay Lilichenko.

Portlash joyi militsiya va transport prokuraturasi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirildi.