Rossiya O‘zbekiston fuqarolari uchun viza kiritmaydi

Dmitriy Medvedev fikriga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya sherik va do‘stdir, oxirgi bir necha yilda esa bu munosabatlar katta start oldi
Sputnik

TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga amalga oshirgan safari yakunida Rossiya o‘zbek fuqarolari uchun viza kiritishni rejalashtirmayotganini aytdi. Migratsiya oqimini tartibga solish uchun boshqa instrumentlar bor, degan Medvedev "Rossiya-1" kanalida "Vesti v subbotu" ko‘rsatuvida bergan intervyusida.

Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri migrantlar sonini oshirishni taklif etdi

"Agar O‘zbekiston bilan munosabatlar haqida gapiradigan bo‘lsak, bizning munosabatlarimiz hamisha sheriklik darajasida bo‘lgan. Ammo qaysidir davrda ular rivojlanishdan to‘xtadi, ular chiriyotgan fazaga tushgandi. Hozir esa O‘zbekiston prezidenti, O‘zbekiston hukumati iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish kursini oldi. Shu bois biz juda mamnunmiz", - dedi Medvedev.

Rossiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonga viza kiritishni rejalashtirmayapti, chunki migratsiya oqimini tartibga soluvchi boshqa instrumentlar mavjud. 

"Misol uchun tashkillashtirilgan tartibda migrantlarni yuborish va boshqa usullar... Har holda bu borada ishlar amalga oshirilmoqda", - dedi Medvedev.

 

Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi: yorqin lahzalar >>>