Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filialiga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 31-may – Sputnik. Hukumat qarori bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Samarqand filiali tashkil etildi.

Toshkentda yana bir xorijiy universitet tashkil etiladi

Filialning asosiy vazifasi Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi:

- “Raqamli iqtisodiyot”;

- “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti”;

- “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;

- “Agrobiznes va marketing”;

- “Buxgalteriya hisobi va audit”.

Filialga qabul 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.