O‘zbekiston TIV Suriyadan qaytarilganlar haqida: fuqarolarimiz barchasi O‘zbekiston himoyasida

"Turli sabablarga ko‘ra begona yurtlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanliklarini, davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llashini ma’lum qilishni muhim deb hisoblaymiz", deyiladi bayonotda.
Sputnik

TOShKENT, 30-may - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. O‘zbekiston TIV "barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida fuqarolarimizni qutqarish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan gumanitar missiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, maxsus xizmatlari va boshqa idoralarining muvofiqlashtirilgan harakatlari samarasidir", deya ta’kidlagan.

Suriya qurdlari O‘zbekistonga "ID" jangarilarining 148 nafar xotin va bolalarini topshirdi

2019-yilning 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan 156 nafar O‘zbekiston fuqarolari, asosan ayollar va bolalar maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindilar. Ular aldov yo‘llari bilan Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududiga borib qolgan edilar.

Ushbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga to‘liq rioya etgan holda, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqning meyor va tamoyillaridan kelib chiqib amalga oshirildi.

Xorijiy jangari-terroristlarlar bilan aloqador hamda terrorizm qurbonlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayollar va bolalarga yordam ko‘rsatish muhimligi BMT Xavfsizlik kengashining 2396-rezolyutsiyasi bilan tasdiqlangan.

"Og‘ir hayotiy davrni boshdan o‘tkazib, Vatanga qaytgan hamurtlarimizga O‘zbekiston Hukumati reabilitatsiya va jamiyatga qayta moslashishlari uchun har tomonlama yordam ko‘rsatadi. Ularning tibbiy yordam va psixosotsial ko‘makdan foydalanishlari, ta’lim va boshqa ijtimoiy dasturlarda ishtirok etishlari ta’minlanadi. Qutqarilgan vatandoshlarimizning tinch hayotga qaytishlari uchun, xususan ularni tegishli boshpana va ish o‘rni bilan ta’minlash borasida zarur sharoitlar yaratiladi.  Barcha musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida fuqarolarimizni qutqarish bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan gumanitar missiya O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, maxsus xizmatlari va boshqa idoralarining muvofiqlashtirilgan harakatlari samarasidir.

Mirziyoyev yo‘ldan adashganlarni darrov dushmanga chiqarib qo‘ymaslikni so‘radi

Qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, jumladan Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasi va YuNISEF tomonidan muhim ko‘mak ko‘rsatildi. O‘zbekiston tomoni mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha hamkorlariga fuqarolarimizning Vatanga eson-omon qaytarishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik izhor etadi.

Turli sabablarga ko‘ra begona yurtlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarimizga ularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi himoyasida ekanliklarini, davlat ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni qo‘llashini ma’lum qilishni muhim deb hisoblaymiz", - deyilgan rasmiy bayonotda.