O‘zbekiston 4G internet qamrovi bo‘yicha eng so‘nggi o‘rinda qayd etildi

O‘zbekiston 4G ishlaydigan hududlari qamrovi 50%dan kam bo‘lgan yagona davlat bo‘lib turibdi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. O‘zbekiston to‘rtinchi avlod interneti 4G tarmog‘i ishlaydigan hududlar qamrovi bo‘yicha reytingda eng so‘nggi o‘rinda qayd qilindi. Bu haqda Opensignal ma’lumotlari darak berapti.

Janubiy Koreyada dunyodagi ilk 5G tarmog‘i ishga tushirildi

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekistondagi abonentlarning 49,9% foizigina 4G tarmog‘idagi internetdan foydalanadi.

Bu borada yetakchi davlat Janubiy Koreya (97,5%) bo‘lib turibdi, 4G qamrovi eng keng ikkinchi davlat esa Yaponiya (96,3%). Kuchli uchlikka Norvegiya (95,5%) kiritilgan.

O‘zbekiston 4G ishlaydigan hududlari qamrovi 50%dan kam bo‘lgan yagona davlat bo‘lib turibdi. Bu borada ko‘rsatkichlar Aljir, Ekvador, Nepal va Iroq kabi mamlakatlardan ham pastroqda qayd qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida Huawei kompaniyasining Tadqiqotlar va innovatsiyalar markaziga tashrif buyurib, O‘zbekistonda 5G texnologiyasini joriy etishni tezlashtirish kerakligini ta’kidlagan edi.