Toshkentda “Gazel” yuk avtomashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan.
Sputnik

TOShKENT, 30-may – Sputnik. Joriy yilning 30-may kuni soat 11:52da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Yashnobod tumani, Ohangaron shoh ko‘chasi 11-uy oldida “Gazel” rusumli yuk tashish avtomashinasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in bartaraf etilgan. 

Yong‘in oqibatida avtomashinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yo‘q. 

Toshkentda “Gazel” yuk avtomashinasi yonib ketdi