“Tergovga yordam”: toshkentliklarga YTH haqidagi videoni yo‘llash taklif qilindi

Toshkent shahar IIBB videoregistrator qayd etgan YTH haqidagi videolarni ichki ishlar organlari xodimlariga topshirishning uch xil usulini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkent shahar IIBB videoregistrator qayd etgan YTH haqidagi videolarni ichki ishlar organlari xodimlariga topshirishning qulay usullarini taklif qildi.

Qoidabuzarlik qayd etilgan video uchun pul mukofoti to‘lanadi

“Yo‘l-transport hodisasining videoga qayd etilgani tergovga sezilarli yordam berishi mumkin, ammo videokuzatuv kameralardan har doim ham foyda bo‘lmaydi – ba’zida rakurs pand bersa, boshqa hollarda kameraning o‘zi bo‘lmaydi”, - deya ma’lum qiladi IIBB.

Faylni onlayn tarzda “Tergovga yordam” majburiy belgisi bilan yo‘llashning uch xil usuli mavjud: 

1. Facebook-sahifasiga shaxsiy xabar qoldirish www.facebook.com/iibb.uz/

2. Facebook-guruhiga yo‘llash www.facebook.com/groups/iibb.toshkent/

3. t.me/iibb_bot IIBB telegramm-botiga (20 MB dan ortiq vazndagi fayllarni cheklovi mavjud).

Shuningdek, YTHning sanasi, vaqti va joyini ko‘rsatib o‘tish so‘ralgan.