TOShKENT, 30-may – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning uchinchi o‘g‘li 11 yoshli Adam mashhur “Tirilgan Erto‘g‘rul” nomli turk serialida suratga tushdi.
Bu haqda bolaning tog‘asi Shalin tumani rahbari Turpal-Ali Ibrazimov ma’lum qildi.
“Filmni tasvirga olish jarayonida o‘zining barcha qobiliyatini yaxshi tomondan ko‘rsatdi”, - deb yozdi Ibragimov Instagram.
Ushbu serial Chechenistonda juda mashhur bo‘lgan. Serial XIII asrda sodir bo‘lgan musulmon turk-o‘g‘uzlari tarixiy voqealari asosida tayyorlangan.
Serialda Erto‘g‘rul-bey, Usmon birinchining otasi – Usmoniylar imperiyasi asoschisi haqida hikoya qilinadi.
Bundan avval Qodirov oilasi bilan bu serialni tomosha qilishini aytgandi.
2018 yil yakunida Turkiyaga tashrifi chog‘ida u suratga olish maydonida bo‘lib, rejissor va aktorlarni Chechenistonga taklif qilgandi.
Aprelda rejisser Bozdag Mexmed va bosh qahramon rolini ijro qilgan aktorlar Jengiz Joshkun va Nureddin Senmez Grozniyga keldi.